Jamoatchilik nazorati tartibidagi o‘rganishlar davom etmoqda
Hukumatimizning 2021 yil 12 oktyabrdagi 638-sonli qarori bilan bir qator nizomlar tasdiqlangan bo‘lib, shulardan biri alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun uyda yakka tartibda ta’lim berish bilan bog‘liq tartib-qoidalardir. Buning negizida esa, ma’lum sabablar bilan tengdoshlari qatorida maktab sinf xonalarida ta’lim olishdan muayyan vaqtga cheklangan o‘quvchining darslarni tengqurlari qatori o‘zlashtirib borishini ta’minlab berish yotadi.
Federatsiyaning boshqa hududiy tuzilmalari qatori Quva tumani jamiyati tomonidan ham tuman hududidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari mas’ulligida bo‘lgan va uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning bilim olish sharoitlari bilan tanishilmoqda.
Tuman jamiyati mutasaddilari bugun hududdagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qaramog‘idagi shunday o‘quvchilarning yashash xonadonlarida bo‘lishib, ularning ta’lim olish sharoitlari bilan tanishdilar. O‘rganishlar davomida o‘quvchilarning ota-onalari va biriktirilgan o‘qituvchilar bilan bu boradagi erishilayotgan yutuqlar, muammolar va ularni bartaraf etish borasida ham suhbatlashilmoqda.
Feruza Umurzaqova
Quva tuman jamiyati mutaxassisi
Post Comment