Kafolat muddati ichida aniqlangan nuqsonlar bepul etilishi kerak
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoniga murojaat qilgan Toshloq tumani Chek mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaro T. Aripov tumandagi kredit savdo do‘konidan harid qilingan skuterda kafolat muddati davrida nuqson aniqlangach, sotuvchi tomonidan tovardagi nuqson bepul bartaraf etilmaganligi bo‘yicha o‘z e’tirozini bildirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi tumandagi «Ishonch» kredit savdo do‘konidan xarid qilgan skuterda nuqson aniqlangach, u sotuvchiga ushbu masalada o‘z e’tirozlarini bildirgach, tovardagi nuqsonlar bartaraf etilib, undan ta’mir uchun 215000 (ikki yuz o‘n besh ming) so‘m pul olingan. Amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka ko‘ra, tovarda kafolat muddati ichida yuzaga kelgan nuqsonlar bepul bartaraf etilishi lozimligi, iste’molchi bu boradagi talablarini soutvchiga nisbatan qo‘yishi ko‘rsatib o‘tilgan. Demak, bu o‘rinda iste’molchi T.Aripovning talabi o‘rinli bo‘ladi.
Murojaatni o‘rganuv davomida yuqoridagi holatlar o‘z isbotini topgandan so‘ng, tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan kredit savdo do‘koni mas’ullariga bu boradagi qonunchilik talablari ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli talablar qo‘yildi. O‘rganish yakunlariga bilan esa, tovardagi nuqsonlar qaytadan to‘liq bartaraf etilib, avval iste’molchi tomonidan shu maqsadlar uchun to‘langan 215000 so‘m puli ham qaytarilishiga erishildi.
Shohistaxon Raximova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
(illyustrativ foto)
Post Comment