Jamoatchilik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazida «Taraqqiyot strategiyasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Farg‘ona viloyat jamoatchilik guruhi» a’zolarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uning ishida viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Jamshed Muxtorovich Xatamov hamda «Yuksalish» umumilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bobur Mansurovich Bekmuratovlar ishtirok etdilar.
Yig‘ilish «Yuksalish» umumilliy harakati Farg‘ona viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari, Jamoatchilik guruhi rahbari Nafisa Elchievaning «Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda Davlat dasturi, hududiy dasturlarning joriy yilning 1 sentyabriga qadar viloyatda bajarilishi belgilangan ishlari ijrosi yuzasidan axborot»ini tingladi.
Muhokamalardan so‘ng, Jamoatchilik guruhining kelgusi faoliyatini yanada takomillashtirish va rejalashtirish maqsadida guruh a’zolarining bu boradagi takliflari eshitildi. Mazkur Jamoatchilik guruhi a’zosi bo‘lgan hududiy birlashma vakillari tomonidan sohalarga berilayotgan soliq imtiyozlaridan samarali foydalanish va ularning natijadorligi, aholini uy-joy bilan ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar, jamoatchilik hududlarini tashkil qilish va ulardan foydalanish ahvolini o‘rganish bo‘yicha, aholini kasb-hunarga o‘qitish borasidagi ishlarni o‘rganish, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyasi borasidagi ishlar, shuningdek aholi va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini ta’minlash borasidagi ishlarni o‘rganish va ushbu o‘rganish natijalarini davlat dasturi ijrosiga daxldor idoralarga kiritish bo‘yicha takliflar bildirib o‘tildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment