Bag‘dodda ham faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Federatsiya Kengashining 2022 yil 26 iyuldagi majlisi qarorlari bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Bag‘dod tumanida ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda tayanch guruhi faollarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda jamiyat raisi Sherzodjon Muxamovning iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar mavzusidagi axboroti tinglandi. Shuningdek, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham qisqacha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalar muhokamasini o‘tkazib, viloyat konferensiyasiga hududdan vakillar saylash bilan o‘z ishini yakunladi.
Diloram Mirzayeva
Bag‘dod tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment