Tayanch guruhlari faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Tayanch guruhlari faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tayanch guruhi faollarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Federatsiya Kengashining 2022 yil 26 iyuldagi majlisi qarorlari bilan belgilab berilgan vazifalar, shuningdek tuman jamiyatining joriy faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi o‘tkazildi.

Tuman jamiyati raisi Xamijon Axmedov kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan ma’ruzasi davomida Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi tashkilotlari faoliyati, tuman jamiyati tomonidan hududda iste’molchilik ijtimoiy harakatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Yig‘ilishda so‘z olganlar o‘z tashkilotlari hamda tuman jamiyati o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va ijtiomiy sheriklik aloqalariga ijobiy baho bergan holda, bu boradagi ishlarni yanada rivojlantirish yuzasidan o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirib o‘tdilar.

Umumiy yig‘ilish viloyat hududiy birlashmasining navbatdan tashqari konferensiyasiga vakillar saylash bilan o‘z ishini yakunladi.

Baxtiyor Jurayev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment