Qonun talabi ijrosi ta’minlandi

Qonun talabi ijrosi ta’minlandi

Iste’molchi tovar qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlarida sotib olgan Samsung rusumli mobil telefonida nuqsonlar kuzatilgach, sotuvchiga nuqsonli tovarni almashtirish talabi bilan murojaat qilgan va rad javobi olgan.

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari fuqaro B.Maxamatovning shu mazmundagi murojaatini o‘rganib chiqdilar. O‘rganish jarayonida mobil telefon 3 mln 800 ming so‘mga xarid qilinganligi, unda haqiqatan ham nuqsonlar kuzatilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish doirasida sotuvchilarga «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Uning natijalari bilan esa nuqsonli telefon apparati boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirib berilishiga erishildi.

Azamatjon Babayev
Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment