Hududiy birlashma kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun hududiy birlashma kengashining 2023 yildagi dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibidagi bir qator masalalar qatorida tizim tashkilotlarining 2022 yil faoliyat yakunlari ham atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi kengashining 20.01.2023 yildagi 1/23-sonli majlisi qarorlari bilan belgilab berilgan vazifalar muhokama qilinib, ijro uchun qabul qilindi.
Tizim tashkilotlari tomonidan amaldagi qonunchilik ijrosi yuzasidan o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar eshitilib, joriy yil istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda tizim faoliyatiga oid bir qator joriy va tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqilib, yig‘ilish qarori bilan ularni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ham belgilab olindi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment