Xonadonni tarmoqdan uzilib qolishiga sabab bo‘lgan texnik nuqson bartaraf qilindi

Xonadonni tarmoqdan uzilib qolishiga sabab bo‘lgan texnik nuqson bartaraf qilindi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining qisqa raqamli 1091 yagona ishonch telefoniga murojaat qilgan iste’molchining muammosi tegishliligi bo‘yicha Toshloq tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.

Murojaatda Toshloq tumanida yashovchi S. S. elektr energiyasi to‘lovlaridan haqdorligi bo‘la turib xonadoni asossiz ravishda elektr energiyasidan uzib qo‘yilganligidan shikoyat qilgan.

Masalaga oydinlik kiritish maqsadida tuman elektr ta’minoti idorasi mas’ullari bilan o‘rganuvlar olib borilganda, xonadonga o‘rnatilgan yangi, zamonaviy rusumdagi hisoblagich ayrim texnik nosozliklar tufayli PK «Elektrhisob» dasturidan chiqib ketganligi ma’lum bo‘ldi. Bu esa iste’molchining avtomatik tarzda tarmoqdan uzib qo‘yilishiga olib kelgan.

O‘rganish ishlari doirasida yuzaga kelgan texnik nosozliklar bartaraf qilindi va iste’molchi hisoblagichi qaytadan PK «Elektrhisob» dasturiga kiritilib, xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlandi. O‘rganish ishlari davomida tomonlarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni bilan belgilab berilgan iste’molchi va xizmat ko‘rsatuvchilarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Shohistaxon Rahimova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment