Qarzdorlik ma’lumotlarni noto‘g‘ri kiritish oqibatida kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi

Qarzdorlik ma’lumotlarni noto‘g‘ri kiritish oqibatida kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi

Qo‘qon shahrida yashovchi M.S. ichimlik suvi ta’minoti korxonasiga to‘lovlarda yuzaga kelgan asossiz qarzdorlik masalasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi telegram boti (PotrebitelUz_bot)ga murojaat yo‘llagan.

M.S. o‘z murojaatida “Farg‘ona suvta’minot” MChJ Qo‘qon filiali uning xonadoniga nisbatan 7 mln 500 ming so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblayotganligini bildirib, masalani hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Iste’molchi murojaati asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar suv ta’minoti korxonasi PK bazasidagi xatolik natijasida, ya’ni korxona operatori tomonidan arxiv ma’lumotlarini bazaga noto‘g‘ri kiritilishi oqibatida kelib chiqqanligi, qarzdorlikning asossizligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish yakunlariga ko‘ra qarzdorlik iste’molchining to‘lov majburiyatidan olib tashlandi.

Muhammadjon Ulmasov
Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassisi

Post Comment