Iste’molchining elektr energiyasi iste’moli ko‘rsatkichlariga oydinlik kiritib berildi
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Beg‘ubor» ko‘chasida yashovchi Y.Q.ning elektr ta’minoti korxonasi tomonidan xonadonida iste’mol qilingan elektr energiyasi iste’moli uchun to‘lovlarni hisoblashda noto‘g‘ri hisob-kitob yuritilayotganligi borasidagi murojaati o‘rganildi.
O‘rganish ishlari jarayonida iste’molchi xonadoniga ASKUE tizimida ishlovchi hisoblagich o‘rnatilganligi, elektr energiyasi uchun to‘lovlarni oyma-oy amalga oshirib kelishi, mazkur to‘lovlar bo‘yicha haqdorligi ma’lum bo‘ldi. Olib borilgan o‘rganishlar elektr ta’minoti korxonasi billing dasturidagi real ko‘rsatkich iste’molchining o‘zi tomonidan amalga oshirilgan hisob-kitoblarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichdan 161 kVt/soatga farq qilishini hamda iste’molchi o‘rganish o‘tkazilgan kun holatiga hisoblagichning 26293 kVt soat ko‘rsatkichiga 419 312 so‘m miqdorida haqdorlikka egaligi yoki shu summaga oldindan to‘lovdaligini ko‘rsatdi.
O‘rganish ishlari doirasida, iste’molchiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 iyuldagi 294-sonli qaroriga asosan «Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari»ga kiritilgan 63 (3)-band mazmun-mohiyati, ya’ni unga ko‘ra, elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi doirasida iste’mol qilinadigan elektr energiyasidan oqilona foydalanish maqsadida elektr energiyasining quvvati o‘rtacha oylik iste’mol miqdoridan oshib ketgan III guruh iste’molchilariga: 1 001 dan 5 000 kVt soatgacha iste’mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar; 5 001 dan 10 000 kVt soatgacha iste’mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar; 10 000 kVt soatdan yuqori iste’mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 4 barobar o‘suvchi koeffisient ko‘llanilishi to‘g‘risida ham tushuntirishlar berib o‘tildi.
Muhammadaziz Isaqov,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Post Comment