Fuqaroni uzoq muddat qiynab kelgan muammoga barham berildi
Rishton tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro R.B.ning xarid qilingan kondisionerdagi nuqsonlar sotuvchi tomonidan bartaraf etib berilmayotganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tuman Xalq kabulxonasiga qilgan murojaati tegishliligi bo‘yicha o‘rganildi.
Iste’molchi 2023-yilning avgust oyida “VODIY BRIGHT STAR” savdo do‘konidan, tovar qiymatini bo‘lib to‘lash sharti bilan, 6 637 800 so‘mga “IMMER” rusumli kondisonerni xarid qilib olganligini va maishiy texnika buyumi tegishli mutaxassislar tomonidan xonadoniga o‘rnatilganligini, biroq qish mavsumi kirib kelganida undan xonani isitish uchun foydalaniganida kerakli natijaga erisha olmagani, sotuvchiga bu borada qilgan murojaatlaridan esa natija bo‘lmaganini aytadi. Oxir oqibat mazkur masalada yordam ko‘rsatilishini so‘rab Xalq qabulxonasiga murojaat qiladi.
Murojaat Xalq qabulxonasi orqali tuman jamiyatiga kelib tushgach, kredit savdo do‘koni mas’ullari bilan uchrashilib, fuqaro murojaati va uning qonunchilik bo‘yicha huquqlari yuzasidan tushintirish ishlari olib borildi. Shuningdek, yuqoridagi rusumli maishiy texnikalarga servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi ustaxona bilan bog‘lanib, holat tushuntirildi. Shundan so‘ng xonadonga tashrif buyurgan servis markazi ustalari kondisionerdagi nuqsonni bartaraf etib berish barobarida, fuqaroga kondisionerdan samarali foydalanish yo‘l-yo‘riqlari va masofadan boshqarish funksiyalari bo‘yicha ham tushuntirish va tavsiyalar ham berib o‘tdilar.
Xusniddin Latipov,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment