Nuqson sabab tovarning kafolat muddati tugashiga to‘rt oy qolganda boshqasiga almashtirildi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Muqanna» ko‘chasida yashovchi iste’molchi O‘.Yo.ning muddatli to‘lov shartlarida xarid qilingan blenderni nosoz chiqqanligi holati yuzasidan Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, u blenderni 2023 yilning may oyi oxirlarida bir yillik kafolat muddati hamda tovar narxini bo‘lib to‘lash sharti bilan 700 000 so‘mga xarid qilgan. Oradan muayyan vaqt o‘tib unda nuqsonlar kuzatilgach bu borada sotuvchiga va servis markaziga murojaat qilgan. Servis markazidagilar blenderni tuzatib bo‘lmasligini aytganlaridan so‘ng uni soutvchidan boshqasiga almashtirib olishga harakat qilgan, lekin bundan natija chiqara olmagan. Shunday bo‘lsada, muddatli to‘lov shartnomasi asosida oylik to‘lovlarni to‘lab kelgan.
Shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaatni o‘rganish jarayonida sotuvchiga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik, xususan iste’molchiga sotilgan tovarda kafolat muddati mobaynida nuqsonlar aniqlanishi va bu holda sotuvchining majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berilishi bilan, nuqsonli tovar boshqa xuddi shunday tovarga almashtirib berilib, muammo bartaraf etilishiga erishildi.
Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Post Comment