Farg‘onada «Butunjahon nodavlat notijorat tashkilotlari kuni» arafasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillandi
27 fevral «Butunjahon nodavlat notijorat tashkilotlari kuni» arafasida Farg‘ona shahridagi «NNTlar uyi»da “Yangi O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy masalalarni hal etishda o‘zaro hamkorlik istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Farg‘ona viloyati hokimligi, viloyat Adliya boshqarmasi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi Farg‘ona viloyat hududiy bo‘linmasi tashabbuslari asosida tashkillangan mazkur tadbir doirasida «Butunjahon NNTlar kuni» tarixi, viloyatmizdagi NNTlar tomonidan 2023 yil davomida amalga oshirilgan ijtimoiy loyihalar, yurtimizda nodavlat notijorat tashkilotlari uchun qonunchilikda yaratilgan imkoniyatlar haqida va boshqa bir qator masalalarda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Shuningdek, 2023 yil davomida Farg‘ona viloyatida samarali faoliyat yuritgan nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini taqdirlash, O‘zNNTMAga a’zolik guvohnomalarini topshirish marosimlarini ham o‘tkazildi. Tadbirning taqdirlash marosimi qismida viloyatdagi faol NNTlar rahbarlari qatori viloyat hududiy birlashma raisi Ahrorjon Asqaralievich Raxmonalievga O‘zNNTMA raisining «Faxriy yorlig‘i», Bag‘dod, Beshariq va Uchko‘prik tuman jamiyatlari rahbarlariga esa assosiasiyaga a’zolik guvohnomalari topshirildi.
Ma’lumot uchun:
Manbalarda «Butujahon NNTlar kuni» termini 2009 yillarda vujudga kelganligi aytiladi. 2010 yil 17 aprelda nohukumat tashkilotlarning IX forumida 12 ta Boltiq dengizi davlatlari «Butujahon NNTlar kuni»ni e’lon qildilar. Bu kun birinchi marta 2014 yilning 27 fevralida Xelsinki (Finlandiya) da nishonlangan. Bugungi kunda ushbu kun dunyoning ko‘plab mamlakatlarida nishonlanib kelinadi.
Post Comment