Ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq hisoblanishi holati qayd qilindi

Ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq hisoblanishi holati qayd qilindi

Quva tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Rasta» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi U.T.ning chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxona xizmatlaridan norozi bo‘lib Federatsiyaning Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasiga qilgan yozma murojaati o‘rganildi. Iste’molchi murojaatida o‘zlari yashab turgan hududga xizmat ko‘rsatuvchi korxona haqida, shuningdek ularning nomidan mahalla idorasi imzolagan shartnoma haqida ma’lumotga ega emasligini, ular tomonidan xizmat ko‘rsatilmagan oylar uchun to‘lov talab qilinayotganini bayon qiladi.

O‘rganishda hudud «Farg‘ona tozalik sanitar servis» MChJga biriktirilganligi, korxona hamda mahalla fuqarolar yig‘ini o‘rtasida ommaviy shartnoma imzolanganligi qayd qilingan va xizmatlar ushbu shartnoma asosida ko‘rsatib borilayotgan bo‘lsada, ushbu shartnoma va uning shartlaridan mahallaning barcha fuqarolari xabardor emasligi, albatta, xizmat ko‘rsatuvchi va mahalla idorasi tomonidan bu borada aholiga yetarli darajada tushuntirish ishlari olib borilmaganligini ko‘rsatadi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida to‘plangan ma’lumotlar hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxonadan olingan rasmiy javob xati bilan mahallaning iste’molchi istiqomat qiladigan ko‘chasiga haqiqatda ham ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq hisoblanishi natijasida iste’molchida 509 500 so‘m asossiz qarzdorlik yuzaga kelganligi qayd qilindi. O‘rganish davomida mazkur qarzdorlik summasi iste’molchi zimmasidan soqit qilinishiga erishildi.

Feruza Umurzaqova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment