Iste’molchining internetdan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammosi bartaraf qilindi
Dang‘ara tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Uvaysiy» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi M.R.ning xonadonida internet sifati yomonlashib ketgani, xizmat ko‘rsatuvchi korxonaga qilgan murojaati javobsiz qoldirilayotganligi to‘g‘risida Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi murojaatida xonadoniga Uztelecom kompaniyasi WiFi qurilmasi o‘rnatilganligini, qurilma yordamida internetdan foydalanish tezligi pasayib ketganligini ma’lum qiladi. Murojaat asosida kompaniyaning tuman telekommunikasiyalar bog‘lanmasi mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan o‘rganishlarda iste’molchi tomonidan bildirilgan e’tirozlar o‘rinli ekanligi qayd qilinib, o‘rganish ishlari jarayonida internet tezligi bilan bog‘liq nosozliklar bartaraf qilindi.
O‘rganish ishlari doirasida tomonlarga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik, shartnoma va uning asosida yuzaga keluvchi huquq va majburiyatlar yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Raufjon Tuychiyev,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment