Hisobot davrida amalga oshirilgan yuzasidan qisqacha axborot

Hisobot davrida amalga oshirilgan yuzasidan qisqacha axborot

Hududiy birlashma tizimidagi tashkilotlar tomonidan 2024 yilning 1-choragi davomida iste’molchilarning huquqiy bilim saviyasini va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘nalishida 150 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilgan. Shularning 77 tasi o‘quv seminarlari, 73 tasi esa davra suhbatlari shakllarida tashkillangan.

Olib borilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida targ‘ib qilish maqsadida televidenie va radio orqali 18 ta, Federatsiya rasmiy sahifalarida 84 ta, boshqa respublika nashrlarida 18 ta, mahalliy bosma va internet nashrlarida 124 ta chiqishlar tashkillangan.

Hisobot davrida tizim tashkilotlariga iste’molchilardan 267 ta murojaatlar kelib tushib, shularning 87 tasi savdo, 35 tasi gaz ta’minoti, 29 tasi elektr energiyasi ta’minoti, 19 tasi suv ta’minoti, 35 tasi kommunal xo‘jalik (shirkatlar), 22 tasi xizmat ko‘rsatish (servis), 7 tasi aloqa (internet) va 26 tasi boshqa sohalar yuzasidan bo‘lgan murojaatlarni tashkil qilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 226 tasi yoki 85 %i to‘liq va o‘z muddatlarida o‘rganib chiqilib, ijobiy hal qilingan. O‘rganishlarning qonuniy muddatlari nihoyasiga yetmagan yoki qo‘shimcha o‘rganishlarni talab qiluvchi 41 ta murojaatlar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Tizim tashkilotlariga kelib tushgan murojaatlarni o‘rganib chiqilishi natijalariga ko‘ra jami 172 million 819 ming 385 so‘m mablag‘larni iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan.
Shularning 34 million 917 ming 497 so‘mi Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoni orqali qayd qilingan murojaatlarni, 2 million 800 ming so‘mi Hukumat idoralaridan kelgan murojaatlarni o‘rganib chiqilishi natijalariga ko‘ra hal qilingan bo‘lsa, 135 million 101 ming 888 so‘m mablag‘lar tizim tashkilotlariga to‘g‘ridan yozma va og‘zaki ravishda kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha qayta hisob-kitob qilingan.
Iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan mablag‘larning 170 million 019 ming 385 so‘mi tizim tashkilotlarining o‘z kuchlari bilan hal qilinishiga erishilgan.

Hisobot davrida kelib tushgan murojaatlarda eng ko‘p tilga olingan soha savdo sohasi bo‘lib, ushbu soha bo‘yicha murojaatlar jami murojaatlarning 32,6 % ida kuzatilgan. Shuningdek, keyingi o‘rinlarni gaz ta’minoti va kommunal xo‘jalik (har biri 13,1 % dan), elektr energiyasi ta’minoti (10,9 %), xizmat ko‘rsatish (servis) sohasi (8,2 %), suv ta’minoti (7,1 %) hamda boshqa sohalar band qilgan.

Savdo sohasi bo‘yicha murojaatlarning tarkibi ko‘rilganda ularda ko‘proq xarid qilingan maishiy texnikaning sifati, ulardagi nuqsonlar hamda ularni almashtirish yuzasidan qilingan murojaatlar ko‘proqni tashkil qildi. Ularning savdo sohasi yuzasidan kelib tushgan jami murojaatlar ichidagi salmog‘i 48 % dan ortiqroqni tashkil qildi.

Hisobot davrida tizimda tashkil etilgan «Iste’molchi bilan muloqot» huquqiy maslahatxonalari orqali savdo sohasi bo‘yicha 21 nafar, kommunal xizmatlar yuzasidan 50 nafar, kommunal xo‘jalik (shirkatlar) masalasida 16 nafar, transport xizmatlari masalalarida 11 nafar, sog‘liqni saqlash yo‘nalishida 6 nafar va boshqa yo‘nalishlarda 16 nafar fuarolarga bepul huquqiy maslahat va yordamlar ko‘rsatildi.
Kommunal xizmatlar yuzasidan 50 nafar fuqarolarga berilgan huquqiy maslahat va yordamlarning 22 tasi elektr ta’minoti, 21 tasi gaz ta’minoti va 7 tasi suv ta’minoti masalalariga to‘g‘ri keldi.

Post Comment