Nuqsonli tibbiyot buyumi sifatlisiga almashtirildi

Nuqsonli tibbiyot buyumi sifatlisiga almashtirildi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Farg‘ona tumani Shoximardon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi M.N.ning umurtqa kasalliklarini davolash va profilaktikasi uchun ishlatiladigan tibbiyot uskunalari va buyumlari ko‘rgazmasida umumiy qiymati 30 500 000 so‘mlik vibromassaj nakidkani arzonlashtirilgan narxda yutib olgani va uni keltirib foydalanganlarida ishlamagani xususidagi murojaati o‘rganildi.

Murojaatchi yuqoridagi ko‘rgazmada dugonasi bilan qatnashishi jarayonida ularning ikkisiga o‘tkazilgan loto o‘yinida g‘olib sifatida topilganliklari va 30 500 000 so‘mlik uskunani 23 900 000 so‘mga yutib olganliklari aytilgan. Yutuq M.N.ga rasmiylashtirilib, yoniga sherst materialidan odeyal, ko‘zni massaj qiluvchi va ozonoterapiya uskunalari qo‘shib berilgan. Aslida «yutuq» muddatli to‘lovga rasmiylashtirilgan bo‘lib chiqqan. Kamiga vibromassaj nakidka elektr tokiga ulanganida ishlamagan. Iste’molchi tomonidan sotuvchi vakillariga telefon orqali qilingan murojaatlar javob sifatida nuqsoni bo‘lsa bartaraf qilib berishlari yoki almashtirib berishlari va’da qilingan bo‘lsada, muammoni tezkorlikda bartaraf etish choralari ko‘rilmagan.

Shahar jamiyati xodimlari mazkur murojaat asosida sotuvchi tomonining mas’ul xodimlari bilan bog‘lanib, ularga amaldagi qonunchilik talabalari yuzasidan tushuntirishlar va muammoni bartaraf etish bo‘yicha muzokaralar olib borishlari jarayonida sotuvchi tomoni nuqsonli ekanligi da’vo qilingan maishiy buyumni boshqasiga almashtirib berib, iste’molchi muammosini bartaraf qildi.

Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.

(illyustrativ foto)

Post Comment