Yana ikki hududda “Men yosh iste’molchiman” insholar tanlovining birinchi bosqichi yakuniga yetdi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Men yosh iste’molchiman” uch bosqichli respublika insholar ko‘rik-tanlovining tuman (shahar) bosqichlari o‘tkazilayotganligi haqida xabarlar berib bormoqdamiz. Hududlarda ushbu tadbirlar joriy yilning 25-mart kuniga qadar davom etib, 26-mart kunidan tanlovning viloyat bosqichi start oladi.
Marg‘ilon shahri
Ko‘rik-tanlov Marg‘ilon shahrida ham uyushqoqlik bilan o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra, 19-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Halimaxon Rahmonalieva tomonidan yozilgan insho birinchi, 27-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Maknuna Abduvahobova tomonidan yozilgan insho ikkinchi va 18-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Madinabonu Ahmadova tomonidan yozilgan insho esa uchinchi o‘ringa loyiq deb topilib, tanlov tashkilotchisi – shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Rishton tumani
Rishton tumanida ham «Men yosh iste’molchiman» uch bosqichli respublika insholar tanlovining tuman bosqichi nihoyasiga yetkazildi. Unda tumandagi umumta’lim maktablarining 60 dan oshiq o‘quvchilari o‘zlarining mavzuga oid erkin fikr va mulohazalari bayon qilingan insholari bilan ishtirok etdilar. Tuman bosqichi yakunlariga ko‘ra, 65-umumta’lim maktabi o‘kuvchisi Nabijonova Farzona tomonidan yozilgan insho birinchi, 1-umumta’lim maktabi o‘kuvchisi Yo‘ashboeva Oqilaxon tomonidan yozilgan insho ikkinchi, 2-umumta’lim maktabi o‘kuvchisi Yigitalieva Dilnura tomonidan yozilgan insho esa uchinchi o‘ringa munosib deb topildi. G‘oliblar tuman jamiyatining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Post Comment