Zavod nosozligi mavjudligi aniqlangan noutbukning puli qaytarib olindi

Zavod nosozligi mavjudligi aniqlangan noutbukning puli qaytarib olindi

Uchko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Bog‘ibo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi G‘.O.ning savdo do‘konidan 3 459 500 so‘mga xarid qilgan noutbukda nuqsonlar aniqlangani, ularni bartaraf qilish bo‘yicha servis xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsada, noutbukda qaytadan nuqsonlar kelib chiqayotganligi, uni sotuvchiga qaytarib pullarini qaytarib olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganish ishlari doirasida, shuningdek bu borada «Texnomart» savdo do‘koni rahbariyatiga kiritilgan so‘rovga olingan javobdan ma’lum bo‘lishicha, Lenovo IdeaPad 1 15IGL7 82V700DURK rusumli noutbuk 2024 yilning 20 avgustidagi sotuvchi va iste’molchi o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnoma asosida murojaat egasining turmush o‘rtog‘i Q.J. nomiga rasmiylashtirilib olingan. Iste’molchi tomonidan noutbukda yuzaga kelgan nuqsonni bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilingan. O‘rganishda esa noutbukda zavod nosozligi (defekt) mavjudligi aniqlangan.

Iste’molchi murojaati asosida olib borilgan o‘rganish ishlari davomida yuqoridagi holatlar hisobga olinib, iste’molchiga noutbukni xarid qilish uchun to‘lagan 3 459 500 so‘m pulini qaytarilishiga va murojaat iste’molchi foydasiga hal etilishiga erishildi.

Sardorbek Mirzajonov,
tuman jamiyati raisi.

Post Comment