Ixtisoslashtirilgan maktab xodimlariga qonunchilik targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi
Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan tumandagi 54-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi xodimlari o‘rtasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari yuzasidan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati, iste’molchi sifatida o‘z huquqlarini himoya qilish, shuningdek ushbu jarayonda davlat organlari, sud idoralari va jamoat tashkilotlari yordamidan foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati, Federatsiyaga a’zolikning afzalliklari, davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida ijtiomiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini olib borish va buning natijasida aholi vakillari uchun yaratiladigan imkoniyatlar kabi masalalarda atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra, maktab jamoasi va tuman jamiyati o‘rtasida keng qamrovli ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish, jamoa a’zolarining iste’mol sohasiga oid murojaatlarini samarali hal qilish chora-tadbirlarini ko‘rish maqsadida ta’lim maskanida Federatsiyaning boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Xamidjon Axmedov,
tuman jamiyati raisi.
Post Comment