Kelib tushayotgan murojaatlar va ularni o‘rganish natijalari yuzasidan brifing o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori va Farg‘ona viloyat hokimi tomonlaridan tasdiqlangan media reja asosida «Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga aholi (iste’molchilar)dan kelib tushayotgan murojaatlar va ularni o‘rganish natijalari» mavzusida brifing o‘tkazildi.
Brifingda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Marg‘ilon shahar jamiyati bosh mutaxassisi Saidxon Xapizov quyidagilarga to‘xtalib o‘tdi:
O‘tgan 2024 yil va joriy yilning 3 oyi davomida tashkilotga aholi (iste’molchilar)dan 158 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shularning 32 tasi yuqori turuvchi idoralar, shuningdek Federatsiya ishonch telefoni va telegram boti orqali qayd qilingan murojaatlardan, 126 tasi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozma va og‘zaki shakllarda kelib tushgan murojaatlardan iborat bo‘lgan. To‘g‘ridan to‘g‘ri kelib tushgan murojaatlarning aksariyat qismi yozma shaklda kelib tushgan murojaatlardir.
Murojaatlarni o‘rganib chiqilishi natijalariga ko‘ra, 657 225 893 so‘m, shundan joriy yilning 1-choragini o‘zida 386 529 094 so‘m mablag‘larni iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilishga erishilgan. Bundan tashqari sudlarga 10 ta da’vo arizalari kiritilib, ularni ko‘rib chiqilib to‘liq nihoyasiga yetkazilgan ishlar bo‘yicha iste’molchi foydasiga 740 000 so‘m moddiy va ma’naviy zararlarni undirilishiga erishilgan.
Murojaatlar tarkibiga e’tibor qaratilsa. 2024 yilda kelib tushgan murojaatlarning 24,8 foizi yoki har to‘rttadan bittasi savdo sohasiga oid masalalarda, 31,6 foizi suv ta’minoti, 13,5 foizi elektr ta’minoti, 7,5 foizi gaz ta’minoti masalalarida bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilning 1-choragida murojaatlardagi eng ko‘p ulush savdo sohasiga tug‘ri kelgan, ya’ni 42,9 foiz.
Savdo sohasiga oid murojaatlarda xarid qilingan maishiy texnikadagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish, ya’ni sotuvchiga qaytarish, almashtirish, bepul ta’mirlatish, shartnomani bekor qilish kabi masalalarda yuzaga kelgan nizolar yuzasidan qilinayotgan murojaatlar ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Bu ko‘rsatkich 2024 yilda 18,2 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilning 1-choragida 26,7 foizni ko‘rsatgan.
Shuning bilan birgalikda, suv ta’minoti masalalaridagi murojaatlar soni boshqa sohalarga oid murojaatlardan yuqoriroq ko‘rsatkichda saqlanib turgan bo‘lsa, kommunal xo‘jalikka (ya’ni shirkatlar, boshqaruv servis kompaniyalari xizmatlariga) oid bo‘lgan murojaatlar sonida o‘sish kuzatilgan. Ushbu yo‘nalishdagi murojaatlar jami murojaatlarning 17,1 foizini tashkil qilgan.
Shuning bilan birgalikda jamiyati tomonidan Federatsiya, davlat boshqaruvi idoralari hamda mahalliy hokimliklar reja va topshiriqlari asosida o‘tgan 2024 yilda 19 ta, joriy yilning 1-choragi davomida esa 7 ta jamoatchilik nazorati tartibidagi kuzatuv-o‘rganishlar o‘tkazilgan.
Post Comment