Umumiy ovqatlanish korxonasida iste’molchi uchun zaruriy ma’lumotlar
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi qonunning 4-moddasiga ko`ra, iste’molchining asosiy huquqlaridan biri bu ma’lumot olish huquqidir.
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, xizmat ko`rsatuvchi) iste’molchining ana shu asosiy huquqlaridan birini to`laqonli ro`yobga chiqara olishi uchun shart-sharoit yaratib berishi shartdir.
«O`zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalari»ning 8-bandiga ko`ra, umumiy ovqatlanish subyekti iste’molchilarga o‘zining to‘liq nomi, ish rejimi, tavsiya etiladigan mahsulotlar, tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi zarur va ishonchli ma’lumotlarni ko‘rgazmali va qulay shaklda yetkazishi shart, ma’lumotlarda to‘g‘ri tanlash imkoniyatini ta’minlaydigan kamida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
mahsulotlar va tovarlar ro‘yxati;
umumiy ovqatlanish mahsulotlarining tayyor taomlari porsiyalarining umumiy vazni (hajmi), tavsiya etilayotgan ichimlik butilkasining sig‘imi va uning porsiyalari hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
xizmatlar ro‘yxati va ularni ko‘rsatish shartlari;
xizmatlar narxi va ularni to‘lash shartlari.
istemolchi-info.uz tomonidan tayyorlangan videorolik shu haqda:
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment