Farg`ona tumanida targ`ibot oyligi tadbirlari bo`lib o`tmoqda
Farg‘ona tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan ham hududiy birlashma tizimida o‘tkazilayotgan Targ‘ibot oyligi tadbirlarida faol ishtirok etib kelinmoqda.
Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, jamiyatda jamoatchilik nazoratini yanada rivojlantirish va unda fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlash, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Shu kunga qadar Farg‘ona tumani 1-kasb-hunar maktabi, «Hududgaz Farg‘ona» tuman filiali va Maktabgacha ta’lim muassasalari tuman bo‘limlarida o‘tkazilgan tadbirlar shular jumlasidandir.
Tumanda targ‘ibot oyligi tadbirlari tizimli asosda davom ettirilmoqda.
Odiljon Junaydullaev
Farg‘ona tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment