Qo`qonda tizimli asosda targ`ibot tadbirlari o`tkazib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, jamiyatda jamoatchilik nazoratini yanada rivojlantirish va unda fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlash, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida tizimda Targ‘ibot oyligi e’lon qilingandi.
Targ‘ibot oyligi doirasida Qo‘qon shahrida ham hududdagi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot, idora va muassasalarda tadbirlar rejalashtirilib, ularda Murojaatnoma bilan belgilab berilgan vazifalar, jumladan qabul qilingan hujjatlar ijrosini tashkil etishda jamoatchilik ishtiroki va nazoratini keng yo‘lga qo‘yish, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalarni, shuningdek “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlari o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash Qo‘qon shahar bo‘limi, shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limi, shuningdek Sunbula, Rayhon mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlar shular jumlasidandir.
Rasmda targ‘ibot tadbiridan lavha.
Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment