Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida tadbirlar o‘tkazilmoqda
Farg‘ona tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘inida tashkillangan targ‘ibot tadbiri mahalla faollari ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbirda fuqarolik jamiyatini barpo etishda jamoatchilik nazoratining o‘rni va ahamiyati, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida olib borilayotgan islohotlarda fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash, ushbu jarayonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tutgan o‘rni va roli kabi masalalarda fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar, ushbu jarayonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan olib borilayotgan hamkorlik masalalarida ham atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga tuman jamiyati bosh mutaxassisi J.Nishonboev tomonidan javoblar qaytarildi.
Odiljon Junaydullaev
Farg‘ona tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment