Ustozlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilmoqda

Ustozlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilmoqda

Uchko‘prik tumanida «Iste’molchi kim?», «Iste’molchining huquq va majburiyatlari», «Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida» va boshqa bir qator mavzularda o‘tkazilayotgan tadbirlar bilan ta’lim muassasalari jamoalari qamrab olinmoqda.

Tadbirlarda amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyati, sohaga oid qonunosti hujjatlari talablari, Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida erishilayotgan natijalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berish bilan birgalikda, o‘qituvchi ustozlarning iste’molchilik sohasiga oid muammolari bilan qiziqilmoqda. Mavzuga oid savollarga javoblar qaytarilmoqda.

Tuman jаmiyati tomonidan tadbirlar bilan hududdagi aksar ta’lim muassasalarini qamrab olish rejalashtirilgan.

Rasmda 20-umumta’lim maktabida o`tkazilgan tadbirdan lavha.

Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment