Iste’molchining nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan harajatlari qoplab berildi
Rishton tumaniga qo‘shni Oltiariq tumanida istiqomat qiluvchi Eshonqulova Nazokatxon o‘tgan yili tumanimizda joylashgan “Imkon” savdo do‘konidan bir yillik kafolat muddati bilan sotib olgan noutbuk kafolat muddati tugashiga bir necha kun qolganida ichki nuqson tufayli yaxshi ishlamay qolgan.
Kafolat muddati va bu muddat ichida qanday huquqlarga egaligidan xabardor iste’molchi savdo do‘koniga borib sotuvchi xodimlarga noutbuk ishlamay qolganini, nuqson kafolat muddati ichida kuzatilganligi sababli bepul ta’mirlab berilishini so‘raganda, sotuvchilar tomonidan uning talablariga e’tiroz bildirilmasada, bepul ta’mirlash ishlarini tashkil qilishni paysalga solib kelingan.
Shundan so‘ng N. Eshonqulova Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyatga yozma ravishda murojaat qilgan. Savdo do‘koni Rishton tumanida joylashganligi sababli murojaat hududiy tegishliligi tuman jamiyatimizga yo‘naltirilgan.
Murojaatni o‘rganish davomida unda keltirilgan vajlarga oydinlik kiritish maqsadida “Imkon” savdo do‘koni ish yurituvchisi va sotuvchi xodimlari bilan uchrashildi. Ularga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarni himoya qilish to‘g‘risda”gi qonuni, xususan qonunning 15-moddasi, ya’ni tovar nuqsonlarini bepul bartaraf etish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida ular tomonidan qonunning 13-moddasi birinchi qismi talablaridan kelib chiqib, “iste’molchining yoki uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan harajatlarini qoplab berish” maqsadida notbukni ta’mirdan chiqarish uchun yetarli bo‘lgan 350 000 (uch yuz ellik ming) so‘m pul N.Eshonqulovaga olib berilishiga erishildi. O‘z murojaati yuzasidan olib borilgan ishlardan qoniqish hosil qilgan iste’molchi tuman jamiyati mutaxassislarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Xusniddin Latipov
Rishton tumani IHHQ jamiyati bosh mutaxassisi
Post Comment