Sihatgohda targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Oltiariq tumani Qiziltepa qishlog‘ida joylashgan sihatgohda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari ishtirokchilarga Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi apparatlarining joriy yil birinchi yarim yilligi faoliyati yakunlari bo‘yicha axborotlar berib o‘tdilar.
Ishtirokchilarga faoliyat bilan bog‘liq axborotlar yetkazilishi barobarida, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatining joriy ahvoli, bu borada qabul qilingan qonun va qarorlarning ijrosi, tibbiyot tizimiga kiruvchi tashkilotlar va Federatsiya ijro etuvchi apparatlari o‘rtasida xodimlarning iste’molchilik huquqiy bilimlari va iste’mol madaniyatini oshirish borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, bu boradagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlik, dasturlar va chora-tadbirlar rejalarining bajarilishi masalalarida ham ma’lumotlar berib o‘tildi.
Baxtiyor Abduraxmonov
Oltiariq tuman jamiyati raisi
Post Comment