Tibbiyot muassasasida xodimlarni Federatsiya a’zoligiga qabul qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi
Dang‘ara tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan hududdagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda o‘tkazib boriladigan turli tadbirlar doirasida ushbu tashkilotlarda mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlarni O‘zbekiston iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etishga ham chaqirib borilmoqda. O‘tkazilgan tadbirlarning samarasi o‘laroq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan mehnat jamoalarida Federatsiyaning boshlang‘ich tashkiloti (tayanch guruhlari) faoliyati ham yo‘lga qo‘yilmoqda.
Tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli 107-sonli oilaviy poliklinikada o‘tkazilgan tadbir ham shunday tadbirlardan biri bo‘ldi. Bu yerda avval o‘tkazilgan targ‘ibotlar, shuningdek so‘nggi tadbir yakuni bilan tayanch guruhi faoliyatiga asos solindi.
Tdbir doirasida so‘z olganlar mamlakatimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda, qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazorati olib borilishida va aholining huquqiy bilimi hamda iste’mol madaniyatini oshirishda davlat va jamoat tashkiloti o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlikning ahamiyati, iste’molchilik ijtimoiy harakatining o‘rni va roliga alohida urg‘u berib o‘tdilar. Tadbir davomida ishtirokchilarning sohani yanada rivojlantirish borasidagi qo‘shimcha taklif va mulohazalari ham tinglandi.
Raufjon Tuychiyev,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment