Iste’molchining qarzdorlik summasiga oydinlik kiritib berildi

Iste’molchining qarzdorlik summasiga oydinlik kiritib berildi

Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Obod» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi X.Sh.ning ichimlik suvi to‘lovlaridan 1 211 100 so‘m miqdorida asoslanmagan qarzdorlik hisoblanayotganligi va ushbu masalani o‘rganib chiqilib, qarzdorlikka oydinlik kiritib berilishi yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchiga 2025 yilning 20 may sanasi bilan «Farg‘ona suv ta’minoti» AJ Farg‘ona tuman bo‘limidan 1 211 100 so‘m qarzdorligi mavjudligi, qarzdorlikni bartaraf etish choralarini ko‘rishi, aks holda qarzdorlik sud tartibida undirilishi bo‘yicha ogohlantirish xati berilgach, masalaga o‘z kuchi bilan oydinlik kirita olmagan iste’molchi amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

O‘rganish ishlari davomida yuqoridagi qarzdorlikni kelib chiqishiga ichimlik suv ta’minoti korxonasi nazoratchisining iste’molchi xonadonidagi suv hisoblagichni ishlamayotganligi bo‘yicha e’tirozi sabab bo‘lganligi ma’lum bo‘lib, suv hisoblagich iste’molchi hisobidan almashtirilganligi inobatga olindi hamda uning tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar asosida qayta hisob-kitoblar olib borildi. O‘rganish ishlari natijasiga ko‘ra iste’molchining ichimlik suv ta’minoti korxonasidan real qarzdorligi 77 819 so‘mni tashkil qilishi ma’lum bo‘ldi va iste’molchiga ushbu qarzdorlikni tezkorlikda bartaraf etishi tushuntirildi.

Abror Isaqov,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment