Onlayn savdo platformalarida savdoni amalga oshirayotganda unda zaruriy ma’lumotlar to‘liq va to‘g‘ri aks etganiga e’tibor qarating
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) axborot tizimlaridan foydalangan holda realizasiya qilishda, ya’ni oddiy qilib aytganda onlayn savdo jarayonida ham iste’molchi tovarlarni odatiy shaklda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olgan holatdagi kabi huquqlarga ega bo‘ladi. Bunda iste’molchiga yetkazib berilgan tovar onlayn savdo platformasiga qo‘yilgan namuna va tavsifga mos bo‘lishi kerak. Unga muvofiq bo‘lmagan hollarda esa, iste’molchi uni almashtirishni yoki pul summasini qaytarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Onlayn savdo vositasida Farg‘ona shahridan 300 000 so‘mga tovar sotib olgan Namangan viloyatilik S.D.ga yetkazib berilgan kurtka unga mos kelmagan. U savdo platformasi orqali muammoni hal qila olmagach esa o‘zining qonuniy huquqlari amalga oshirilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat yo‘llagan. Murojaat Federatsiyaning Farg‘ona shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida sotuvchi bilan uchrashib, unga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilishi bilan iste’molchi tomonidan to‘langan pulni uning bank plastik kartasiga qaytarilishiga erishildi. Biroq …
Hurmatli iste’molchilar!
Onlayn savdo platformalari orqali savdoni amalga oshirayotgan sotuvchi va unga bog‘lanish ma’lumotlarini to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilganiga e’tibor qaratish bilan birgalikda, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, axborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnoma bekor qilinganda, sotuvchi (ijrochi) iste’molchiga tovarni qaytarib berish amalga oshiriladigan joy to‘g‘risida xabar berishi kerakligini ham unutmagan holda, sizlardan sotuvchi haqidagi ma’lumotlar bilan birgalikda mazkur ma’lumot ham aks ettirilganiga e’tibor qaratishni unutmaslikni so‘rab qolamiz.
Mansurjon Toshkanov,
jamiyat mutaxassisi.



Post Comment