Sud iste’molchi manfaatini ko‘zlab kiritilgan da’voni qisman qanoatlantirishni lozim topdi

Sud iste’molchi manfaatini ko‘zlab kiritilgan da’voni qisman qanoatlantirishni lozim topdi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqaro K.A.ning manfaatlarini ko‘zlab, uning Farg‘ona viloyati Issiqlik manbai MChJga nisbatan qarzdorlikdan ozod qilish masalasida Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritdi. Unda K.A.ni Marg‘ilon shahridagi ko‘p qavatli uyda joylashgan xonadoniga nisbatan issiqlik energiyasi to‘lovlari bo‘yicha hisoblangan 1 236 319 so‘m qarzdorlik hamda 370 497 so‘m penyadan ozod qilish so‘raldi.

Sud da’vogar tomonidan kiritilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, shuningdek javobgar tomonining da’voni qisman tan olishi, haqiqatda 2025 yilda issiqlik talab darajasida yetkazib berilmaganligi bo‘yicha dalolatnoma tuzilganligi hamda uning asosida iste’molchi K.A.ning jami qarzdlorlik summasidan 881 912 so‘m qismi chegirib tashlanishi bo‘yicha taqdim qilgan hujjatlari va bergan tushuntirishlarini inobatga olib, da’voni qisman qanoatlantirish yuzasidan qaror chiqardi.

Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, iste’molchi K.A. issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan hisoblangan 881 912 so‘m qarzdorlik va 370 497 so‘m penyani to‘lash majburiyatlaridan ozod qilindi. Da’vogar tomoni «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunning 8-moddasiga asosan sudga da’vo arizasi taqdim etishda imtiyozdan foydalanib, davlat boji to‘lamasdan da’vo kiritganligi e’tiborga olinib, davlat foydasiga undiriladigan 412 000 so‘m davlat boji to‘lovlari javobgar tomonidan undiriladigan bo‘ldi.

Saidxon Xapizov,
jamiyat mutaxassisi.

Post Comment