Xalqaro institut talabalari huzurida

Xalqaro institut talabalari huzurida

Oziq ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutining majlislar zalida “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida “Toza shahar” nomli o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zNNTMA viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari D.Fozilov, viloyat chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi o‘rinbosari X.Inomov, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari viloyat hududiy birlashmasi rais o‘rinbosari G‘.Mamatqulov, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot kotibi G.To‘xtasinovalar tomonidan maruza qilindi.

Tadbirda jami 96 nafar (shundan 49 nafar ayollar, 47 nafar erkaklar) ishtirok etdi. Tadbirda mahalla yoshlar yetakchilari, NNTlar, Eko volotyorlar, talaba yoshlarga «Toza shahar» loyixasi doirasida belgilangan slaydlar asosida ma’lumotlar berildi, mahsus qo‘llanmalar tarqatildi.

Tadbir so‘ngida rolik namoyish etilib, ishtirokchilar o‘rtasida olingan bilimlarni mustahkamlash bo‘yicha qiziqarli sinov o‘yinlari o‘tkazildi. G‘oliblar hududiy bo‘linma tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

Post Comment