KonfOP rahbarining Farg`ona safari nihoyasiga yetdi
Xalqaro isteʼmolchilar jamiyatlari konfederatsiyasi (KonfOP) boshqaruvi raisi Dmitriy Yanin Farg`ona viloyatiga ikki kunlik tashrifini yakunlab, Moskva shahriga uchib ketdi. Mehmonni Farg`ona xalqaro aeroportidan O`zbekiston isteʼmolchilar huquklarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov, Federatsiyaning Farg`ona viloyat hududiy birlashmasi raisi Аhrorjon Raxmonaliev va boshqa masʼul xodimlar kuzatib qoldilar.
D.Yanin Farg`ona viloyatiga ikki kunlik tashrifi davomida viloyatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar yaxshi taassurot qoldirganligini, hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, millatlararo totuvlik, aholi tinchligini saqlash, uning turmush farovonligini oshirish, shuningdek isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va isteʼmol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarni alohida eʼtirof etib o`tdi.
Tashrif nihoyasida u ko`p millatli, bag`ri keng va mehri daryo yurtimiz ahliga o`zining samimiy minnatdorchiligini izxor qildi.
Hududiy birlashma Matbuot xizmati
Post Comment