Kengash yig`ilishi o`tkazildi
Bugun O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg`ona viloyat hududiy birlashmasi Kengashining joriy yildagi birinchi yig`ilishi o`tkazildi. Yig`ilishni hududiy birlashma Kengashi raisi Аxrorjon Raxmonaliev kirish so`zi bilan ochdi va olib bordi.
Kengash yig`ilishida hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan 2019 yilda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning isteʼmolchilik huquqiy bilimi va isteʼmol madaniyatini oshirish borasida olib borilgan ishlar tanqidiy tahlil qilib chiqildi. Yig`ilish ishtirokchilarini O`IHHQJ Federatsiyasi Kengashining joriy yil 19 yanvar kunida o`tkazilgan navbatdagi yig`ilishida ko`rib chiqilgan masalalar yuzasidan chiqargan qarorlari bilan yaqindan tanishtirildi, ularning ijrosini taʼminlash bo`yicha tegishli ko`rsatmalar berildi.
Yig`ilish doirasida joriy 2020 yilda hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari oldida turgan vazifalarning muhokamasi o`tkazilib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.
Hududiy birlashma Matbuot xizmati
Post Comment