Yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish yo`lida
Аvval xabar berganimizdek, hududiy birlashma tomonidan 2020 yil 1-chorakda amalga oshiriladigan ishlar bo`yicha yo`l xaritasiga ko`ra, viloyat hududidagi taʼlim muassasalari o`qituvchi va o`quvchilari o`rtasida “Men yosh isteʼmolchiman” mavzusida turli shakllardagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o`tkazib borilmoqda. Zarkent agrosanoat kollejida o`tkazilgan tadbir ham yuqoridagi tadbirlarning mantiqiy davomi bo`ldi.
Tadbirni kirish so`zi bilan ochgan kollej direktori o`rinbosari M.G`ofurov mazkur tadbirning ahamiyati haqida gapirar ekan, har bir insonning isteʼmolchiligi, isteʼmolchining esa o`z huquq va majburiyatlarini to`g`ri anglab olishi kelgusida ko`plab muammo va kamchiliklarni oldini olishiga alohida urg`u berib o`tdi.
Tadbir ishtirokchilariga hududiy birlashma rais o`rinbosari G`.Mamatqulov va Toshloq tuman IHHQ jamiyati raisi E.Mirzaumarovlar tomonidan isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonunchilik, yurtimizda isteʼmolchilik ijtimoiy harakati, sohaga oid so`ngi yangiliklar yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berib o`tildi. Maʼruzachilar tomonidan yoshlarni ko`proq kitob o`qish, ilm olishga intilish, o`z ustida muntazam ishlash, o`zining isteʼmolchilik huquqlarini to`g`ri anglab olgan holda, o`zgalarning ham huquqlarini hurmat qilish, yurtimizdagi isteʼmolchilik ijtimoiy harakatida, shuningdek bu boradagi jamoatchilik nazoratini keng yo`lga qo`yish ishlarida faol ishtirok etishga chaqirildi.
Yo`l xaritasi asosida o`tkaziladigan tadbirlar tizimli asosda davom ettirilmoqda.
Hududiy birlashma Аxborot xizmati
Post Comment