Fuqaroga yer solig`i to`lovlari boyicha amaliy yordam koʼrsatildi
Farg`ona tumani Chimyon qishlog`ida yashovchi X.Toshbekov o`zi yashab turgan xonadoni yer maydoni 8 sotix (0,08 ga) bo`lib, unga joriy yil uchun 16 sotixga soliq to`lovlari chiqarilganidan noroziligini bildirib, holatga aniqlik kiritilishida amaliy yordam ko`rsatilishini so`ragan.
Tuman jamiyati tomonidan fuqaroning murojati bo`yicha Yermulkkadastr Farg`ona tuman filialiga hamda tuman Davlat soliq inspektsiyasiga aniqlik kiritish boʼyicha so`rov xatlari yuborildi. Shuning bilan birgalikda, fuqaro yashab turgan xonadoniga borib, mahalla fuqarolar yig`ini raisi ishtirokida xonadonning haqiqatdan 8 sotixligi haqida dalolatnoma tuzildi.
O`rganishda tuman kadastr bo`limi mutaxassislari 2019 yil holatiga bazada fuqaro nomida 13 sotix yer mavjudligi va fuqaro 2014 yilda boshlagan kadastr hujjatlari ikki nusxada tayyorlanganligi, lekin uning eʼtiborsizligi oqibatida o`zida saqlab, bir nusxasini kadastr bo`limiga topshirmaganligi maʼulm bo`ldi. O`rganish ishlari natijasida fuqaroning kadastr hujjatlari bo`yicha yer maydoni 8 sotixga to`g`irlanib, yangi kadastr raqami berildi va maʼlumotlar bazasiga kiritildi.
Tuman DSIning bergan aloqa xatida kadastr bo`limi tomonidan fuqaroga 2020 yil 6 fevral kuni bazada ko`rsatilgan yangi kadastr raqami va 8 sotix bo`yicha soliq to`lovlari belgilanishi ko`rsatib o`tildi.
Yuqoridagilar bo`yicha fuqaroga xonadoni 8 sotixligi to`liq o`z isbotini topganligi va barcha maʼlumotlari kadastr bo`limi maʼlumotlar bazasiga to`g`ri kiritilganligi haqida javob xati yuborildi.
Murojaatini o`rganish natijalaridan qoniqish hosil qilgan isteʼmolchi tuman jamiyatiga o`z minnatdorchiligini bayon qildi.
Xiloldin G`ofurov
Farg`ona tuman IHHQ jamiyati bosh mutaxassisi
Post Comment