Аnjuman to`g`risida axborot materiali (video)

Аnjuman to`g`risida axborot materiali (video)

#барқарор_истемолчи #рациональный_потребитель #SustainableConsumer

O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg`ona viloyat hududiy birlashmasi tashabbusi bilan 15 mart “Butunjahon isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuni”ga bag`ishlab o`tkazilgan “Isteʼmolchilik ijtimoiy harakati: dunyo mamlakatlari va O`zbekiston tajribasi” mavzusidagi matbuot anjumanida bosma va elektron ommaviy axborot vositalari vakillariga dunyoda isteʼmolchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi, ravnaq topishi, bugungi ahvoli, yurtimizda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik bazasining shakllanishi, isteʼmolchilar jamoat birlashmalari faoliyati yo`lga qo`yilishi, isteʼmolchilar jamoat birlashmalarining O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga birlashishi, bugungi kunda sohada olib borilayotgan ishlar xususida atroflicha maʼlumotlar berib o`tilib, anjuman qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Sizlarning eʼtiboringizga Farg`ona viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan mazkur anjuman to`g`risida tayyorlangan axborot materialini havola qilamiz.
Hududiy birlashmaning Youtube dagi kanali “истеъмолчи-потребитель”

Hududiy birlashma Аxborot xizmati

Post Comment