Isteʼmolchi ortiqcha chiqimdor bo`lishining oldi olindi
Farg`ona viloyatining Qo`shtepa tumanidan Marg`ilon shahriga qatnab ishlovchi N.Yu. shahardagi Markaziy shifoxonada kichik tibbiy xodima sifatida mehnat faoliyatini olib boradi. U ro`zg`or, bola-chaqasi kami-ko`stidan orttirgan mablag`i evaziga 2019 yilning sentyabr oyida shahar markazidagi savdo majmuasidan INDEZIT rusumli muzlatgich sotib olgan. Lekin maʼlum vaqt bir maromda ishlab turgan muzlatgichda 2020 yilning aprel oylariga kelib nuqsonlar yuzaga chiqqan. Shundan so`ng u bir necha kun davomida sotuvchi-yu servis ustaxonasi o`rtasida ovorayu sarson bo`lgan. Biroq bu ovoragarchiliklardan natija chiqmagan. Shundan so`ng Federatsiyaning Marg`ilon shahar jamiyatiga yuzaga kelgan holatga aniqlik kiritish, o`zining isteʼmolchilik huquq va manfaatlarini himoya qilinishini so`rab yozma ravishda murojaat qilgan.
Marg`ilon shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati mutaxassislarining amaldagi qonunchilik asoslari, isteʼmolchining huquqlari yuzasidan servis xizmatlari ko`rsatuvchi korxona masʼullariga bergan tushuntirishlari va saʼy-harakatlari bilan, bir kun ichida, kafolat muddati davomida tovarda yuzaga kelgan nuqsonlar bepul bartaraf etilishiga erishildi. Isteʼmolchi huquqi to`la tiklandi.
– Marg`ilon shahar jamiyati xodimlarining saʼy-harakatlari tufayli bir kun davomida murojaatim ijobiy hal etilib, mening xonadonim foydasiga 350 000 (uch yuz ellik ming) so`m mablag`im ham iqtisod qilib qolindi. Sizni va Siz orqali butun tizimda xalqimiz farovonligi yo`lida mehnat faoliyati olib borayotgan jonkuyar xodimlarni duo qilib qilib qolaman, – deydi isteʼmolchi murojaatini oʼrganish natijalari boʼyicha Federatsiya raisi nomiga yozgan minnatdorchilik xatida.
Аʼzamxon Maxammadiev
Marg`ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment