Yechimi noaniq boʼlib kelgan muammo hal etildi
Bag`dod tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Cho`rindi qishlog`ida yashovchi Maxkamovlar oilasining 4 nafar vakili joriy yilning mart oyida Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga olingan aviachiptadan fors-major holat yuzaga kelib foydalana olmaganliklari sababli pulini qaytarib ololmayotganliklari masalasida murojaat qilgan edilar.
Maʼlum bo`lishicha, 4 nafar og`a-ini Mahkamovlar olingan chipta bo`yicha joriy yilning mart oyida Farg`ona (O`zbekiston) – Vnukovo (Moskva, Rossiya) yo`nalishi bo`yicha uchishlari kerak bo`lgan, lekin mamlakatimizda, shuningdek dunyoning ko`pgina boshqa davlatlarida ham eʼlon qilingan karantin tadbirlari natijasida aviaqatnovlarning to`xtatilishi ularning ushbu rejasini amalga oshmay qolishiga sabab bo`lgan. O`z-o`zidan maʼlumki, ularga mazkur holat bo`yicha dastlab biroz shoshmay turishlik so`ralgan, lekin aviaqatnovlarning qachon qayta tiklanishi yuzasidan hech kim aniq maʼlumot bera olmagan. Shundan so`ng ular aviachipta uchun to`langan pulni qaytarilishini talab qilganlar. Lekin shu kunga qadar ular aviachipta pulini qaytarib ololmaganlar.
Masalani Bag`dod tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o`rganib chiqilishi jarayonida, isteʼmolchilarning aviachipta uchun to`langan umumiy summasi 6 280 000 (olti million ikki yuz sakson ming) so`m pullarini qaytarishga erishildi. Bir necha kunlar davomida yechimi noaniq bo`lib kelgan muammoni bartaraf etib berilganligi uchun fuqarolar yozma ravishda o`z minnatdorchiliklarini izxor qildilar.
Dilorom Mirzaeva
Bag`dod tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment