Bepul huquqiy maslahatlar berildi

Bepul huquqiy maslahatlar berildi

 

Uchko`prik tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari fuqarolarga huquqiy maslahatlar berish, ularning uzog`ini yaqin qilish, hududda yashovchi kam taʼminlangan, yakka-yolg`iz yashovchi fuqarolar holidan xabar olish maqsadida tumandagi Mirzaxo`ja MFYda bo`ldilar. Tadbir davomida mahalla fuqarolar yig`ini raisi K. Do`ltaev hamda ko`cha boshilarining isteʼmolchilik huquqlarini himoya qilish masalalaridagi, xususan kommunal soha bo`yicha bir qator savollariga batafsil javoblar qaytarildi. Uchrashuv doirasida mahalla raisi tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati bilan kelgusida olib boriladigan hamkorlik masalalarida o`z fikrlarini bildirib, shu qishloqda yakka-yolg`iz yashovchi M. G`oyupovaning elektr energiyasidan qarzdorligi yuzasidan muammosi borligini, ana shu qarzdorlikni asosli yoki assosiz ekanligiga aniqlik kiritilishiga amaliy yordam berilishini ham so`radi.

Shundan so`ng M. G`oyupova xonadoniga tashrif buyurilib, u kishi bilan yuzma-yuz suhbatlashildi. U bilan suhbat asnosida kamharjligi bois elektr energiyasi haqqini vaqtida to`lay olmaganligi, shunday bo`lsada, mahalladoshlari imkon qadar elektr energiyasi haqqini to`lashga yordam berishganligi maʼlum bo`ldi. Shu kunning o`zida tuman MIBga murojaat qilinib, fuqaroning elektr energiyasi to`lovlari bo`yicha qarzdorlik-haqdorlik masalasiga aniqlik kiritish so`raldi va qarzdorlik tasdig`ini topsa xonadonga bu borada amaliy yordam ko`rsatish rejaga kiritildi.

Nargizaxon ShERАLIEVА,

Uchko`prik tumani IHHQJ matbuot va axborot bo`yicha mutaxassisi

Post Comment