Muammolar joyida hal etilmoqda

Muammolar joyida hal etilmoqda

 

Uchko`prik tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tumandagi Mergan mahalla fuqarolar yig`inidagi ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olish, isteʼmolchilik huquqlarini himoya qilish masalalarida muammolari bor oilalarga huquqiy maslahatlar va beg`araz yordamlar ko`rsatish maqsadida mahalla oqsoqoli F. Madrahimov hamrohligida Begvachcha qishlog`ilik G. Dalieva, O. Marasulov hamda B. Sodiqova xonadonlariga borishdi.

Uchrashuvlar davomida G.Dalieva va O.Marasulovlar xonadonlari vakillari o`zlari tomonidan isteʼmol qilingan energiya va uning to`lovlari masalalariga aniqlik kiritib berilishini so`radilar. Ushbu so`rovlar tuman jamiyati masʼullari tomonidan alohida nazoratga olinib, masalaga oydinlik kiritib beriladigan bo`ldi. Salkam 100 yoshni qoralab qolgan Busora momo Sodiqova xonadoniga borilganda, momo kenja qizi va uning 2 nafar farzandi bilan istiqomat qilishi, suyultirilgan gaz balloni bilan taʼminlanish masalasida biroz qiyinchilikka duch kelib turganligi maʼlum bo`ldi. Ushbu masalada tuman gaz idorasiga murojaat qilinib, masalani joyida hal qilishga erishildi.

– Rahmat bolalarim, – dedi momo quvonchini yarolmay. – Sizlardan juda ham minnatdorman. Og`irimizni yengil qildilaring.

Nargizaxon ShERАLIEVА,

Uchko`prik tumani IHHQJ matbuot va axborot mutaxassisi

Post Comment