Maqsad isteʼmol xavfsizligini taʼminlash
– Rishton tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan koronavirus kasalligi (COVID-19) tarqalishini oldini olish, qulay sanitar-epidemiologik muhitni taʼminlash, aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan chiqarilayatgan qarorlarning tumandagi ijrosi qay darajada taʼminlanayotganligi holatlarini kuzatuvdan o`tkazish va mazkur sharoitda aholining isteʼmol sohasida xafsizligini taʼminlash maqsadida aholiga turli xizmatlarni ko`rsatuvchi xo`jalik yurituvchi subʼektlarda (jamoat transporti, kommunal soha tashkilotlari, tijorat banklari, savdo va maishiy xizmat ko`rsatish, umumiy ovqatlanish obʼektlarida) karantin qoidalariga amal qilinishi va “Isteʼmolchilarning huquqlarni himoya qilish to`g`risida”gi qonun talablari ijrosi yuzasidan jamoatchilik fikrini o`rganish yo`li bilan targ`ibot-tashviqot hamda kuzatuv (o`rganuv) ishlari olib borilmoqda, – deydi tuman jamiyati raisi, Xalq deputatlari Rishton tuman kengashi deputati Аbrorjon Sobirov.
Tuman jamiyati tomonidan o`tkazilayotgan kuzatuv (o`rganuv) ishlari doirasida aholi bilan uzviy aloqada ishlovchi tadbirkorlarga, savdo, umumiy ovqatlanish, bozorlar, maishiy xizmat ko`rsatish va kommunal sohada faoliyat olib borayotgan maʼsullarga aholining isteʼmol xavfsizligini taʼminlash, ularning o`rtasida turli yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida amaldagi qonunchilik talablari bo`yicha keng tushuntirshi va targ`ibot ishlari olib borilmoqda. Ularga ko`chada va jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, aholi gavjum bo`ladigan har bir obektlarga dezinfektsiya tunneli va sanitariya posti o`rnatilishi, har bir fuqaroning tana harorati o`lchanib, zararsizlantirish ishlari o`tkazilgach hududga kiritilishi, xaridorlar uchun masofa saqlashga doir eslatmalar joylashtirilishi kabi zaruriy talablar bo`yicha tushuntirishlar berib borilmoqda.
Аbrorjon Sobirov
Rishton tuman IHHQ jamiyati raisi, tuman kengashi deputati
Post Comment