Targ‘ibot oyligida biz ham faolmiz
Tizimimizda 25 yanvardan 25 fevralga qadar o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibot oyligi doirasida Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati xodimlari ham o‘z faolliklarini ko‘rsatmoqda. Targ‘ibot tadbirlari tumanimizdagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarda fuqarolar ishtirokida o‘tkazilayotir.
Xuddi shunday tadbir tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Unda jamiyatimiz mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar, qabul qilingan xujjatlar ijrosini tashkil etishda jamoatchilik ishtiroki va nazoratini keng yo‘lga qo‘yish, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishda nodavlat-notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalarni, shuningdek “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi.
O‘z o‘rnida maktab o‘qituvchilari tomonidan iste’molchilik sohasida duch kelinayotgan muammo va kachiliklar borasidagi savollarga javoblar qaytarilib, muammolarni bartaraf etish borasida huquqiy maslahatlar berildi.
Xusnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment