Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari bilan yaqindan hamkorlik yo`lga qo`yilmoqda

Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari bilan yaqindan hamkorlik yo`lga qo`yilmoqda

Xabar berib borayotganimizdek, tuman va shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan o‘z hdudlaridagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Uchko‘prik tuman jamiyati tomonidan targ‘ibot oyligi doirasida tashkillangan navbatdagi tadbir Palaxon mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilib, davra suhbati shaklida tashkillangan mazkur tadbir «Iste’molchilik huquqingizni bilasizmi?» deb nomlandi.

Davra suhbatida so‘z olganlar mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda nodavlat notijorat hamda jamoat tashkilotlarining tutgan o‘rni va ahamiyati, mamlakatimizda qabul qilinayotgan hujjatlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati keng yo‘lga qo‘yilishi, bu o‘rinda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan olib boriladigan hamkorlik masalalarida fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Mahalla ahlini qiynab turgan iste’molchilik sohasiga oid masalalar va tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga tuman jamiyati raisi Lazizbek Shodmonov hamda huquqiy himoya mutaxassisi Yorqinjon Ergashevlar tomonidan javoblar qaytarildi.

Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment