Beshariqdagi tashkilotlarda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan hududdagi korxona va tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, Murojaatnomada kelib chiqqan holda amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni aholining keng qatlamlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Tadbirlar doirasida Federatsiya va uning hududiy organlarining mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoyalash, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida gi ishlari yuzasidan ham atroflicha tushuntirishlar berib borilmoqda.
Bugun tadbirlar 19-umumta’lim maktabi va 9-maktabgacha ta’lim muassasalarida davom ettirilib, targ‘ibot va tushuntirish ishlari o‘tkazish barobarida tashkilotlar ishchi xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar ham qaytarildi.
Rasmda 9-MTMdagi tadbirdan lavha.
Ulug‘bek Juraev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment