Tuman jamiyati raisi o‘zi tahsil olgan maktabga tashrif buyurdi

Tuman jamiyati raisi o‘zi tahsil olgan maktabga tashrif buyurdi

Hukumatimizning 781-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi» asosida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Kitobxonlik haftaligi» tadbiralridan Toshloq tuman jamiyati mas’ul xodimlari chetda turgani yo‘q.

Bugun tuman jamiyati raisi Ergashboy Mirzaumarov o‘zi tahsil olgan 10-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktab o‘quvchilarilari bilan uchrashdi va ularga qiziqarli badiiy va ilmiy ommabop kitoblar jamlamasini hadya qildi.

Tuman jamiyati raisi uchrashuv doirasida unda yig‘ilganlarga mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati yuzasidan qisqa axborotlarni ham berib o‘tdi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment