Mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlashda kitobning o‘rni beqiyosdir
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi, tuman Kengashi deputati Baxtiyor Abduraxmonov tumandagi 36-umumta’lim maktabida tahsil olgan. Bugun u yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Kitobxonlik haftaligi» doirasida o‘zi tahsil olgan maktabga tashrif buyurib, o‘qituvchi ustozlari va o‘quvchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Vazirlar Mahkamasining 14.12.2020 yildagi «2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida» 781-sonli qarori va unda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlanishini mamalkatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarning ta’lim-tarbiyasida muhim o‘rin tutishi, bilimli, dunyoqarashi keng, sog‘lom fikrli yoshlarimiz safi yanada kengayib borishi esa mamlakat taraqqiyotini ta’minlashning eng to‘g‘ri usullaridan biri ekanligiga alohida urg‘u berib o‘tildi.
Shuning bilan birgalikda, B.Abduraxmonov ustozlar va o‘quvchilarga kitoblar jamlamasini ham hadya qildi.
Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment