Iste’molchi, huquqingizni bilasizmi?
Inson hayoti davomida mahsulot va xizmatlarga doimiy ehtiyoj sezadi va shu orqali iste’molchiga aylanadi. Shu o‘rinda iste’molchi sifatida bizdan qonun bilan muhofaza etiladigan huquqlarimizni bilish va ularni amalda qo‘llay olish talab etiladi. Bu, o‘z navbatida, ishlab chiqaruvchi, sotuvchi (xizmat ko‘rsatuvchi)larning mas’uliyati oshishiga ham sabab bo‘ladi.
Furqat tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan joylarda fuqarolarning iste’mol madaniyatini oshirish, ularni sohaga oid yangiliklardan boxabar etish va iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borayotgan ishlar tizimli ravishda davom etmoqda.
Yaqinda tumandagi Chirkay MFYda joylashgan kasb-hunar maktabida joriy yil uchun belgilangan asosiy faoliyat yo‘nalishlari doirasida o‘quv seminari tashkillangan edi. Kasb-hunar maktabi jamoasi seminarni qayta tashkillash va iste’molchi sifatida huquq va majburiyatlarini mukammal bilib olish borasida taklif kiritishdi. Shu maqsadda, bugun, 21 oktyabr’ kuni Kasb-hunar maktabi jamoasi uchun seminar tashkillandi.
Dastlab ishtirokchilar e’tiboriga o‘tgan davr mobaynida jamiyat tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va hal etish borasida olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislarning fikr-mulohazalari bildirildi.
Seminarda ikki nafar ta’lim sohasi vakillaridan yozma murojaatlar olinib, tez fursatda hal etish choralari belgilandi.
Ozodaxon Abdullaeva, Umidaxon Olimovalar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolari borasida savollar berib, mutaxassislardan tegishli javoblarni oldilar.
Kasb-hunar maktabi jamoasi bu kabi amaliy seminarlar tez-tez o‘tkazib turilishini, shu orqali huquqiy bilimlari yanada mustahkamlanganini e’tirof etib, minnatdorchilik izhor etdilar.
O‘z navbatida seminar ishtirokchilariga iste’molchi sifatida huquqlari buzilsa, “Ishonch telefoni”ga murojaat qilishlari mumkinligi bildirildi.
Begzodjon Ibragimov
Furqat tumani IHHQ jamiyati raisi
Post Comment