Qarzdor haqdor bo‘lib chiqdi
Namangan tumani Katta Toshbuloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaro Azamov Xamidullo Federatsiyaning Namangan viloyat hududiy birlashmasiga «Hududgaz Namangan» tuman bo‘limi tomonidan uning xonadoniga nisbatan 750 000 (etti yuz ellik ming) so‘m noreal qarzdorlik hisoblanganidan norozi bo‘lib murojaat etgan.
Murojaat Namangan tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilganda qarzdorlikni haqiqatan ham noreal ekanligi ma’lum bo‘ldi.
O‘rganish davomida X. Azamovga tegishli to‘lov daftarchasi ma’lumotlari tuman gaz idorasi komp’yuter bazasi ma’lumotlariga solishtirildi. Fuqaro tomonidan to‘langan barcha to‘lovlar bazaga kiritildi. Natijada olib borilgan qayta hisob-kitoblar istemolchining 212 420 (ikki yuz o‘n ikki ming to‘rt yuz yigirma) so‘mga haqdorligini ham ko‘rsatib berdi.
Eldor Sotvoldiev
Namangan tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment